Gulnora Mavayeva

Raqqosa
Gulnora Mavayeva
Tavallud sanasi:
30.07.1931

Raqqosa va balerina, O‘zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayeva 1931 yilda tug‘ilgan. 1941 yilda Tamaraxonim nomidagi balet maktabini, 1951 yilda Moskvadagi katta teatr qoshidagi xoreografiya bilim yurtini, 1971 yilda Sankt-Peterburgdagi xoreografiya bilim yurtining pedagoglar kursini tugatgan bo‘lsa, 1945-1949 va 1951-1957 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida solistka bo‘lib ishladi.

Gulnora Mavayeva opera teatrida ishlar ekan, ustoz san'atkor Mukarrama Turg‘unboyevadan o‘zbek raqs san'atining nozik sirlarini o‘rgandi, Usta Olim Komilov, Tamaraxonimlarning qimmatli maslahatlariga quloq soldi, Halima Nosirova va Saodat Qobulovalardan so‘z san'atining sehrini o‘rgandi. «Ular bilan safarda bo‘lish g‘oyat qiziqarli edi, — deb hikoya qiladi Gulnora Mavayeva. Menga o‘zbek qo‘shiqlaridagi har bir so‘zning asl ma'nosini erinmasdan tushuntirib berardilar. Bu esa so‘zga mos harakat topishimga yordam berardi. Ulardan men o‘zbek san'atini chinakam sevishni o‘rgandim».

Raqqosa opera teatri sahnasida Ovro‘pa, rus va o‘zbek baletlarida asosiy partiyalarni mohirona ijro etdi. Jahonning mumtoz durdonalari «Jizel», «Oqqush ko‘li», «Uyqudagi go‘zal», «Esmeralda» kabi asarlaridagi, shuningdek, «Boqchasaroy favvorasi», «Baxt qirg‘og‘i», «Momaqaldiroq izidan», «Maskarad» kabi spektakllardagi, «Oqbilak», «Gulandom», «Oynisa», «Kashmir afsonasi» kabi baletlardagi bosh partiyalar san'atkorni elga tanitdi va shuhrat keltirdi. Uning bu partiyalarni ixlos bilan ijro etishini ko‘rgan bastakor Georgiy Mushel o‘zining «Balerina» asarini unga atab yozgan edi.

Gulnora Mavayeva o‘zbek milliy raqslarini nozik va yoqimli tarzda ijro etgan iste'dodli raqqosa sifatida «Katta o‘yin», «Pilla», «Farg‘ona usuli», «Sho‘x qiz», «Zavqim kelur», «Uynasin», «Ey sarvi ravon», «Orazbon lazgisi» va boshqa raqslarni zalga manzur qilib ijro eta bildi. Raqqosa David Oystrax, Georg Ots, Dmitriy Bashkirov, Lyudmila Lyadova, Aram Xachaturyan, Rashid Beybutov kabi mashhur san'atkorlar bilan ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo‘lib, o‘zbek raqs san'atining nodir durdonalarini ko‘z-ko‘z qildi. 1953 yilda Buxarestda bo‘lib o‘tgan yoshlar va talabalar Jahon festivalining birinchi mukofoti va «Oltin medal»iga sazovor bo‘ldi.

Gulnora Mavayeva 1971 yildan pedagoglik sohasiga o‘tib, avval Toshkent xoreografiya bilim yurtida, 1974 yildan Toshkent Madaniyat institutida, Toshkent xoreografiya institutida Ovro‘po mumtoz raqslaridan saboq berib, Ma'mura Ergashevaga o‘xshash iste'dodli raqqosalarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/mavayeva_gulnora_
Sayt foyda berdi!
87596 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi